Янгиликлар
18
Odam savdosiga qarshi kurashish — davr muammosi.

Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi tug‘ruq uyida tibbiyot xodimlari ishtirokida "Odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Muhayyoxon Ismoilova odam savdosining og‘ir oqibatlari, unga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, jinoyat qilganlarga belgilangan jazolar bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borilishiga qaramasdan millionlab insonlar odam savdosi qurboniga aylanayotganligini ta’kidlab, bunga fuqarolarning xorijga borish va mehnat qilishning tartib-qoidalari bo‘yicha yetarlicha ma’lumotga ega emasligi sabab jinoyatning rivojlanishiga sabab bo‘layotgani misollar bilan tushuntirib berdi.
Yakunda chaqaloq savdosi bilan bog‘liq har qanday harakatni amalga oshirgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining bir nechta moddalarida javobgarlik belgilanganligi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.