Янгиликлар
19
Baliqchi tumanida “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Maʼlumki, Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-avgustdan 15-sentyabrga qadar “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Ushbu aksiya doirasida aholi va tadbirkorlarning mulk huquqlari bo‘yicha maʼlumotlarni targ‘ibot tadbirlari orqali keng yoritish belgilangan.
Bugun, Baliqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi barcha MFYlarning xotin-qizlar faollari ishtirokida aksiya mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan davra suhbati shaklidagi targ‘ibot tadbiri tashkillashtirildi:
Tadbir davomida, MFY xodimlariga:
- aholi va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulklarning davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi tartibi;
- Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir ma‘muriy reglament;
- aholi va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni egasiz ashyo deb topish tartibi;
- Fuqarolik kodeksining 191 va 1157-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar va boshqalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.