Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Qonun mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilinmoqda




Buloqboshi tumani hokimligida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda tuman hokimligi apparat xodimlari, davlat reyestriga kiritilgan tashkilotlarning rahbar va xodimlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyat filiali hamda Adliya boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Qonunning maqsadi, davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi, lavozimlarning malaka darajalari, davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati samaradorligini baholash, milliy kadrlar zaxirasi, ish vaqti va mehnatga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan kengroq javob olishdi.