Янгиликлар
19
"Qizil hudud" toifasiga kiruvchi mahallalarda targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

Paxtaobod tuman adliya bo‘limi va tuman IIB huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 28-iyul kuni jinoyatchilik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganligi sababli “qizil hudud” hisoblangan “Guzar” MFY da yashovchi fuqarolar hamda yoshlar o‘rtasida “jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, "qizil hudud"ga kiritilgan mahallalarda jinoyatni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish, sodir etilgan jinoyatlarni huquqiy oqibatlari yuzasidan ishtirokchilarga batafsil tushuntirishlar berildi.