Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Dam olish kunlari ishlagan xodimlarga ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi


Asaka tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi xodimlarining murojaatlari o‘rganib chiqildi.

Markaz xodimlari ushbu murojaatlarida rahbariyat tomonidan ularni, dam olish kunlari (shanba va yakshanba) ishlatganligi uchun qo‘shimcha kompensatsiya pullari bermaganligini va shu sababli ularning oylik maoshiga qo‘shimcha kompensatsiya undirishda amaliy yordam berishlikni so‘rashgan.

Shunga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan mazkur murojaatlar o‘rganib chiqilganida tuman hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining uch nafar xodimi bir necha yillardan buyon dam olish kunlari (shanba va yakshanba) ishlab kelsada lekin ularga dam olish kunlari ishlagan ish haqqilariga qo‘shimcha kompensatsiya pullari berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi 963-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar hodimlarini moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2 bob 5 bandida ishdan tashqari vaqtda ishga jalb etilgani uchun to‘lovlar hamda boshqa pullik kompensatsiyalar ularning oylik maoshiga qo‘shimcha tarzda to‘lab berilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo‘limi tomonidan uch nafar markaz xodimlarining uch yil davomida dam olish kunlari (shanba va yakshanba) ishlagan kunlariga ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi bo‘ycha fuqarolik ishlari bo‘ycha Asaka tumanlararo sudiga ariza kiritildi va natijada mazkur xodimlarga jami 17.391.922 so‘m ish haqiga qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlarini to‘lab berishi yuzasidan sud buyrug‘i chiqarilishi ta’minlandi.