Янгиликлар
22
“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati davlat xizmatchilariga tushuntirildi
Joriy yilning 20-avgust kuni Izboskan tuman hokimligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali masʼullari hamda tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunining mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilariga tushuntirish va keng targʻib etish boʻyicha seminar-uchrashuv oʻtkazildi.
Seminar-uchrashuv davomida mazkur qonunning barcha boʻlim va bandlari mutaxassislar tomonidan yigʻilganlarga yetkazildi. Qolaversa, ishtirokchilarning mavjud savollariga javoblar berildi.