Янгиликлар
23
Boʻston tuman hokimligida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan targʻibot tadbiri oʻtkazildi


Xabaringiz bor, joylarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida keng targ‘ib qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Ana shunday targ‘ibot tadbirlaridan biri tuman hokimligi apparat xodimlari,tuman adliya bo‘limi, tumandagi davlat reyestriga kiritilgan tashkilotlarning rahbar va xodimlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.
Tadbirda Qonunning maqsadi, davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi, lavozimlarning malaka darajalari, davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati samaradorligini baholash, milliy kadrlar zaxirasi, ish vaqti va mehnatga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.