Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Davlat fuqarolik xizmatchisi qanday bo‘lishi kerak?




Joriy yilning 22-avgust kuni Marhamat tuman hokimligida "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda hokimlik mas’ul xodimlari, tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdilar. 

Tadbirda tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonunning qabul qilinishdan maqsadi, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va majburiyatlari, kasbiy odob-ahloq qoidalari va boshqa nazarda tutilgan holatlar haqida ma’lumotlar berildi.

Shunungdek, tadbir davomida Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan "Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasida" aksiyasi doirasida xususiy mulk daxlsizligiga oid qonun hujjatlari, ularni buzishning huquqiy oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Yaknuda ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan to‘laqonli javob olishdi.