Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

“Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.





Marhamat tuman hokimligida "Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasida" aksiyasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Adliya bo‘limi tashabbusi bilan o'tkazilgan tadbirda tuman hokimligi hamda Asaka tumanlararo iqtisodiy sudi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sardorbek Hamroyev hamda sudya Sarvarjon Yuldashev tomonidan tadbirkorlarning huquqlari bilan bog‘liq qonunchilikka kiritilgan yangi o‘zgartirish va qo‘shimchalar, qanday masalalar bo‘yicha iqtisodiy sudga murojaat qilishlari, shartnoma tuzish talablari va mulk huquqini himoya qilish bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Davra suhbatida tadbirkorlar mulk huquqlarini sud orqali himoya qilish bilan bog‘liq turli nizoli masalalar yuzasidan savollari mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.