Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

"qizil" hudud toifasiga kiritilgan mahallalarda targ'ibot tadbirlari o'tkazildi





Jinoyatni oldini olish burchimiz

Ma’lumki, mahallalarning kriminogen vaziyati inobatga olinib “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan.

Yuqoridagi tartibda toifalash jinoyat va huquqbuzarliklarning profilaktikasini maqsadli va manzilli tarzda amalga oshirish imkonini beradi.

Ayni kunlarda viloyatdagi “qizil” toifaga kirgan, ya’ni jinoyatlar salmog‘i ortgan mahallalarda viloyat ichki ishlar hamda adliya boshqarmalari tomonidan uchrashuv va yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda.
Xonobod shahrining Xontog‘ mahallasida mahalla raisi, uning o‘rinbosarlari va faollar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda hududda sodir etilayotgan jinoyatlarga chek qo‘yish, jinoyatga moyil bo‘lgan shaxslar bilan profilaktik ishlarni tashkil etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad viloyatdagi barcha mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirishda o‘zaro hamkorlikni yanada takomillashtirish va rivojlantirishdan iboratdir.