Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Asakada dam olish kunlari ishlagan xodimlarga 17 million so‘mdan ortiq qo‘shimcha haq undirib berildi


Asaka tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi xodimlarining murojaatlari o‘rganib chiqildi.

Murojaatda markaz xodimlari dam olish, ya’ni shanba va yakshanba kunlari ham rahbariyat tomonidan ishga jalb qilinayotganligi, biroq buning uchun hech qanday qo‘shimchalar to‘lanmayotganligini bildirib, oylik maoshiga qo‘shimcha kompensatsiya undirishda amaliy yordam so‘rashgan. 

Ularning murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida markazning uch nafar xodimi bir necha yillardan buyon dam olish kunlari ham ishlab kelsada, haqiqatan ham ularning ish haqlariga qo‘shimcha kompensasiya pullari berilmasdan kelayotganligi aniqlandi.

Vaholanki, Mehnat Kodeksining 157-moddasida ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi belgilangan. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar hodimlarini moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 5-bandida ishdan tashqari vaqtda ishga jalb etilgani uchun to‘lovlar hamda boshqa pullik kompensatsiyalar ularning oylik maoshiga qo‘shimcha tarzda to‘lab berilishi ko‘rsatib o‘tilganligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo‘limi tomonidan uch nafar markaz xodimlarining uch yil davomida dam olish kunlarida ishlaganliklari uchun haq to‘lanishi bo‘ycha fuqarolik ishlari bo‘ycha Asaka tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Mazkur da’vo ariza sud tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli hal qiluv qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, javobgarning zimmasiga markaz xodimlariga jami 17 million 391 ming so‘m qo‘shimcha kompensasiya to‘lovlarini to‘lab berish majburiyati yuklatildi.