Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Bir qancha ta’lim muassasalarida “Sport targ‘ibotchisi” vazifasi tashkil etilmaganligi aniqlandi


O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2021-yilning 1-yanvaridan barcha davlat organlari va tashkilotlarida jamoada faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklash belgilangan. Shuningdek, vazifa yuklatilgan xodimga  bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama belgilash nazarda tutilgan.

Farmonda sport targ‘ibotchisi jamoada sportning ommaviyligini ta’minlash, xodimlarning muntazam sport bilan shug‘ullanishini tashkil etishga mas’ul ekanligi belgilangan. Xo‘sh, bugungi kunda ushbu farmon ijrosi mehnat jamoalarida qanday amalga oshirilmoqda?

Marhamat tuman adliya bo‘limi tomonidan farmon ijrosi yuzasidan hududdagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida monitoring o‘tkazildi.

Monitoring natijalariga ko‘ra, tumandagi 45 ta umumta’lim maktabi va 30 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida birorta xodimga sport targ‘ibotchisi vazifasi yuklatilmaganligi aniqlandi. Tuman adliya bo‘limi tomonidan barcha ta’lim muassasalariga Prezident farmoni ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha taqdimnoma kiritildi.