Янгиликлар
29
Yangi tayinlov

Adliya vazirining tegishli buyrug`i bilan Azimov Akmaljon Baxtiyorovich Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
A.Azimov shu kunga qadar boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish bo`limi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.
Adliya boshqarmasi jamoasi A.Azimovni yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.