Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

“E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish yuzasidan amaliy seminarlar tashkil etildi.




2022-yilning 29-avgust kuni Marhamat tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi umumiy o'rta ta'lim maktabining direktorlari hamda mas'ul xodimlari ishtirokida “E-huquqshunos” elektron tizimida buyruqlarni rasmiylashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan tizimli muammolar muhokamasi yuzasidan o‘quv seminari tashkil qilindi.

Mazkur ta’lim muassasalari tomonidan tizim orqali hujjat loyihalarini shakllantirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli holatlar yuzasidan tashkil qilingan o‘quv seminari davomida ishtirokchilarga tizim imkoniyatlari va tizimga biriktirilgan hujjatlarning namunaviy blankalaridan foydalangan holda hujjat loyihalarini yaratish va markazga yuborish bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.