Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Daʼvo arizalari qanoatlantirildi.


Baliqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi umumtaʼlim maktablarida “kutubxonachi” lavozimida ishlab kelayotgan jami 52 nafar xodimlarining ularga Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentyabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta‘limi muassasalarining qo‘shimcha haq to‘lanadigan xodimlarining lavozimlari ro‘yxati, qo‘shimcha haqning turlari va miqdorlari”ning 23-bandida belgilangan qo‘shimcha to‘lovlarning to‘lab berilmayotganligi bo‘yicha shikoyatlari qabul qilingan edi.

Mazkur shikoyatlar qisqa muddatda o‘rganib chiqilib, 2022-yilning avgust oyida fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudiga “kutubxonachi”larga jami
135 680 428 so‘m miqdoridagi qo‘shimcha to‘lovlarni undirib berilishi yuzasidan 52 ta daʼvo arizalari kiritildi hamda sud tomonidan barcha arizalar ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi.