Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Adliya faxriylari holidan xabar olindi



Bayramlar va alohida sanalar oldidan adliya idoralarida ko‘p yillar mehnat qilgan, ko‘plab shogirdlarni yetuk kadr sifatida yetkazib bergan ustoz faxriylarni holida xabar olinib, ularga ehtirom ko‘rsatish an’anaga aylangan.
Ana shu hayrli ishlarni davom ettirish va ularni Mustaqillik bayrami bilan qutlash maqsadida boshqarma boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari tomonidan tizim faxriylari xonadonlariga tashrif buyurilmoqda.
Marhamatlik Mavludaxon Madumarova uzoq yillar FHDYO tizimida samarali faoliyat yuritib, nafaqaga chiqqan faxriylardan.
Istiqlol bayrami arafasida boshqarma mas’ullari boshchiligida tuman adliya bo‘limi xodimlari onaxonning xonadonida mehmon bo‘lishdi.
Mehmonlar ustozni ayyom bilan tabriklab, bayram sovg‘alari va vazirlik tomonidan ajratilgan mablag‘ topshirdilar.
Soha fidoyilarini rag‘batlantirib va ularni moddiy qo‘llab-quvvatlanayotganidan minnatdor bo‘lgan Mavldudaxon aya Adliya vazirligi va boshqarma xodimlariga o‘z minnatdorligini bildirdi.