Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Biznesda brendning o‘rni qanchalik muhim?




Andijon shahridagi "INSAN" biznes akademiyasida kontrafakt mahsulotlar realizasiyasiga yo‘l qo‘ymaslik, intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish maqsadida "Biznesda brendning o‘rni" mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi Murodjon Jaloldinov tomonidan tadbirkorlarga o‘z brendiga ega bo‘lish biznesda qanchalik ahamiyatga ega ekanligi haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, tadbirkorlar bilan tovar belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqning tugatishga oid xalqaro va milliy prinsiplarning qo‘llanilishida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilindi.

Bundan tashqari chet mamlakatlarda brendni huquqiy himoya qilish tartibi, boj to‘lovlari, patent olish muddatlari haqida tushunchalar berildi.

Yakunda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Bundan tashqari sohada yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berishga kelishib olindi.