Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar “mulk tarixi”ga oid ma’lumotlarni onlayn tartibda olishlari mumkin


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan endilikda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar va ko‘chmas mulk ob’yektlari bo‘yicha “mulk tarixi”ga oid ma’lumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish mumkin.

Joriy yilning 24-avgust kuni qabul qilingan mazkur farmonga muvofiq 2022-yilning 1-sentyabridan yer uchastkalari, turar-joyga bo‘lgan mulkiy huquqlarni amalga oshirishda xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklovchi tartib va talablar bekor qilinmoqda.

Shunindek, 2023-yilning 1-yanvaridan Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi (UZKAD) ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri va unga oid ma’lumotlar yuritiladigan, ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilanmoqda. Shuningdek, ushbu tizimga Garov reyestri, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Ko‘chmas mulk ob’yektlari manzillari, Tadbirkorlik subyektlari,  Soliq to‘lovchilarining yagona reyestrlari, “Davlat mulki” axborot tizimi, Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning bo‘linmalari reyestri, lisenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari va ko‘chmas mulk obyektlariga oid ma’lumotlar yuritilayotgan boshqa barcha davlat axborot tizimlari integrasiya qilinishi hamda real vaqt rejimida onlayn ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi belgilanmoqda.

 Bundan tashqari onlayn ma’lumot almashinuvi paytida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq qog‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, shu sababli UZKAD tizimida bo‘lmaganligi aniqlangan taqdirda, uch kun ichida ushbu huquq UZKAD tizimida haq undirmasdan va ariza talab qilmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va ma’lumot taqdim etilishi nazarda tutilmoqda.

 Farmonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish UZKAD tizimidagi ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilanib ko‘chmas mulk haqida ushbu tizimda bo‘lmagan boshqa ma’lumotlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmasligi, ma’lumotlarning haqqoniyligi davlat tomonidan kafolatlani qat’iy belgilandi.

 Bundan buyon jismoniy va yuridik shaxslarga soliqlarni hisoblash, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, davlat xizmatlari, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko‘rsatishda ko‘chmas mulkka oid barcha ma’lumotlar tegishli davlat organlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan UZKAD tizimidan olinadi. Bundan tashqari jismoniy va yuridik shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali haq evaziga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar va ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha “mulk tarixi”ga oid ma’lumotlarni olishlari mumkin bo‘ladi. Bunda davlat siriga oid hamda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilgan ma’lumotlar bundan mustasno.