Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Marhamat tumanida tadbirkorning 135.000.000 so‘m pullari bir yildan buyon to‘lanmaganligi aniqlandi.


Marhamat tuman adliya bo‘limi tomonidan “Sifat qurilish hamkor” MChJ rahbari M.Muhammedovning Marhamat tuman mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo’limi “Qoraqo‘rg‘on” MFY binosida bajarilgan mukammal ta’mirlash ishlari xaqini bir yildan buyon to‘lamasdan paysalga solib kelayotganligi haqidagi shikoyati ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, 2021-yil 7-mayda “Sifat qurilish hamkor” MChJ bilan Marhamat tuman mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi o‘rtasida “Qoraqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yug’ini binosini mukammal ta’mirlash bo‘yicha 135.812.424 so‘mlik pudrat shartnomasi tuzilgan.

Biroq, bajarilgan ishlar haqida hisob-varaq faktura tuzilganligiga bir yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan, Marhamat tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bajarilgan ishlarni qabul qilib olish va bajarilgan ishlar haqini, ya’ni 135.812.424 so‘m pullarni to‘lashdan bosh tortib, shu kunga qadar shartnomaviy majburiyatlarni bajarmay kelgan.

Marhamat tuman adliya bo‘limining “Sifat qurilish hamkor” MChJ foydasiga 135.812.424 so‘m pullarni undirish haqidagi da’vo arizasi Asaka tumanlar iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilib, sudning 2022-yil 26-avgustdagi hal qiluv qarori bilan to‘liq qanoatlantirildi.