Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Ehtiyojmand oila xotin-qizlariga kontrakt puli to'lab beriladi


#Bilasizmi 

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan talaba xotin-qizlar davlat OTMlariga kontrakt asosida o'qishga kirganida kontrakt to'lovi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan to'lab beriladi.

 (https://lex.uz/docs/5640194) Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qaroriga muvofiq, har bir hududdan o'qishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar, jami 150 nafar xotin-qizlar uchun to'rt yillik kontrakt to'lab beriladi.

Buning uchun ariza oliy ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga berilishi kerak.
Mazkur qarorga ko'ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab berish maqsadida talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
a) kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila tushuniladi;
b) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
v) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra davlat oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va 2 — 4-kurslarda tahsil olayotgan mazkur Nizomning 5-bandidagi mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab arizani har yili 10 kalendar kun ichida oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga taqdim etadi.
Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan talabgorlarning ijtimoiy holati to‘g‘risida ma’lumotlar (talabgorning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi, turmush o‘rtog‘i vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi va voyaga yetmagan farzandining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
Har bir davlat oliy ta’lim muassasasi belgilangan mezonlar asosida talabgorlar ro‘yxatini tahlil qilib, mazkur Nizomning 5-bandida keltirilgan mezonlar asosida talabgorlar ro‘yxatini 5 kalendar ish kunida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuboradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan har yili 5 kalendar ish kuni ichida talabgorlarning ro‘yxati, talab etilgan hujjatlar (talabgorning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi, yoxud turmush o‘rtog‘i vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi va voyaga yetmagan farzandining tugilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi) ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari aniq ko‘rsatilgan holda yozma ravishda doimiy yashash joyi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
Hokimliklar tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tuziladi. Komissiya Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatini quyidagi tartibda ko‘rib chiqadi:
Komissiya a’zolari tuman (shahar)larga biriktiriladi, tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshligi hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi.
Ishchi guruh 5 kalendar ish kunida talabgorlarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ijtimoiy holatini o‘rganadi, o‘rganish natijalariga ko‘ra Ishchi guruh har bir talabgorlar bo‘yicha dalolatnoma tuzadi va Komissiyaga taqdim qiladi.
Zarur hollarda Ishchi guruhlar tomonidan mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan mezonlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va elektron shakldagi hujjatlar (tug‘ilganlik, nikoh qayd etilganlik, vafot etganlik haqida va boshqa) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
Komissiya 5 kalendar ish kunida ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan tegishli hujjatlarni o‘rganib, talabgorlarning to‘plagan ballari, hududlardagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda talabgorlarning tahsil olayotgan bosqichlarini inobatga olib 150 nafar xotin-qizlarni saralab oladi va bayonnomani rasmiylashtiradi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga yuboradi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi 10 kalendar ish kunida tavsiyanomalarni tasdiqlaydi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
Komissiya har o‘quv yilida 1-oktabrdan kech bo‘lmagan muddatda bazaviy to‘lov-kontrakt summalari to‘lab berilishi belgilangan (tavsiyanoma berilgan) xotin-qizlar ro‘yxatini hamda shartnomani imzolash bo‘yicha xulosalarni tegishliligi bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga yozma ravishda kiritadi va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtiradi.
Bunda Komissiya a’zolari tomonidan talabgorlardan 150 nafarini tanlab olishda birinchi navbatda ularning ijtimoiy holati, ehtiyojmandligi, to‘plagan ballari, hududlardagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda tahsil olayotgan bosqichlari inobatga olinadi.