Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Endilikda elektron raqamli imzosiz ham davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin


Mobil-ID tizimidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

OneID tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining portal va axborot tizimlariga kirishda foydalanuvchilarning shaxsini tasdiqlash (autentifikasiya qilish);

Mobil-ID tizimidan foydalanayotgan foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlash (verifikasiya qilish);

elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha foydalanuvchilar tomonidan berilgan arizalarni tasdiqlash;

foydalanuvchi o‘zining shaxsiga doir ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlari “Elektron hukumat” tizimi orqali olganda bu haqida xabarnomalar qabul qilish;

foydalanuvchi o‘zining shaxsiga doir ma’lumotlarini davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat tashkilotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali olishi uchun ruxsat berish;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.