Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilish hisoblanadi


“Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qaroriga asosan:

 2022 yil 1 sentyabrdan 2024 yil oxirigacha:

4 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega transportlarda yo‘lovchi tashish o‘zini o‘zi band qilish deb qaraladi va ushbu faoliyat lisenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi;

lisenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatasiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi.

yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shug‘ullanadigan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart;

yo‘nalishsiz taksi faoliyati uchun lisenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji barcha turdagi tashuvchilardan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.