Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya aralashuvi bilan yoshlar yetakchisi ishga tiklandi


Asaka tuman adliya bo‘limi ish yurituviga fuqaro I.Abdusamatovni murojaati kelib tushgan. Fuqaro I.Abdusamatov mazkur murojaatida joriy yilning 10-fevral kunidan buyon Asaka tuman “Xamdo‘stlik” MFYda yoshlar yetakchisi lavozimida ishlab kelganligini, joriy yilning iyul oyida sog‘ligi yomonlashganligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida bo‘lgan bo‘lsada, lekin Yoshlar ishlari agentligi tomonidan unga o‘z xohshi bilan lavozimdan bo‘shatish bo‘ycha ariza yozib berishlikni talab qilganligini, lekin I.Abdusamatov ushbu talab qilingan arizani yozib bermagan bo‘lsada, joriy yilning 18-iyul kuni agentlik tomonidan I.Abdusamatov bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq qabul qilinganligini va shu sababli yuqoridagi holatlarga oydinlik kiritib amaliy yordam berishlikni so‘ragan.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan mazkur fuqaro I.Abdusamatovni murojaati yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Asaka tuman bo‘limida o‘rganish o‘tkazilganida quydagilar ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 18-iyul kuni Yoshlar ishlari agentligi Asaka tuman bo‘limi tomonidan № 01-14/62-sonli buyrug‘i bilan I.Abdusamatovni O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksining 97-moddasiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shuningdek, joriy yilning 15-avgust kuni agentlik tomonidan (eski 2022-yil 18-iyul kungi sana bilan) № 01-14/86-sonli buyrug‘i bilan I.Abdusamatovni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasiga asosan qayta mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Biroq, tuman adliya bo‘limi tomonidan mazkur murojaatni o‘rganish davomida fuqaro I.Abdusamatov mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ish beruvchiga ariza bilan murojaat qilmaganligi, joriy yilning 8-iyuldan 19-avgust kuniga qadar sog‘ligi yomonlashganligi sababli davolangan bo‘lsada, lekin ish beruvchi tomonidan uning mehnat shartnomasi bekor qilinganligi aniqlandi.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi, beshinchi qismida “Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi” – deb belgilangan.

Yuqoridagilariga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi Asaka tuman bo‘limiga taqdimnoma kiritilgan va natijada mazkur agentlikning 2022 yil № 01-14/62-sonli va 01-14/86-sonli buyruqlari bekor qilinib fuqaro I.Abdusamatov yoshlar yetakchisi lavozimiga tiklandi hamda agentlikni ma’sul xodimi U.Xakimovaga nisbatan “Xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.