Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari bilan bog'liq xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi


Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-yanvardagi 37-son qarori bilan tasdiqlangan "Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga ko'ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini tashkil etish bilan bog'liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish bo'yicha subsidiya Qishloq xo'jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta'minoti jamg'armasi hisobidan quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bog'liq xarajatlarning 50 foizi, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so'mdan ko'p bo'lmagan miqdorda;

yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratish bilan bog'liq xarajatlarning 50 foizi, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so'mdan ko'p bo'lmagan miqdorda;

oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog'liq xarajatlarning 50 foizi, lekin har bir loyiha uchun 50 mln so'mdan ko'p bo'lmagan miqdorda.

Loyiha tashabbuskorlari subsidiya olish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar Qishloq xo'jaligi boshqarmalariga arizalarni yozma yoki elektron shaklda taqdim etadi.