Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Bugundan "Reklama to'g'risida"gi qonun kuchga kirdi


Bugundan "Reklama to'g'risida"gi qonun kuchga kirdi

 Qonunda (https://lex.uz/docs/-6052631) asosiy tushunchalar qatoriga axloqsiz reklama, nomaqbul reklama, rag'batlantiruvchi aksiya kabi yangi tushunchalar ham kiritildi.

 Qonunga ko'ra, O'zbekistonda reklama davlat tilida tarqatilishi va reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning davlat tilidagi asosiy ma'nosini buzib ko'rsatmasligi kerak.

 Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi reklama aylanishi sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi. 

Davlat mulki bo'lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarga tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) o'rnatishga bo'lgan huquq yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksionlar asosida 5 yil muddatga beriladi. 

Qonunga ko'ra, quyidagilar taqiqlanadi:

ona sutining o'rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish; 
ta'lim muassasalarida foydalaniladigan bosma nashrlar (darsliklar, kundaliklar, daftar va boshqalar)da tovarlarni reklama qilish;
narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida ko'rsatish;
bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini ko'rsatmasdan reklama qilish;
milliy va oilaviy an'analarga, shuningdek axloq va ma'naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo'lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish;
energetik ichimliklarning reklamasini soat 7:00 dan soat 22:00 gacha televideniye va radio orqali reklama qilish; 
tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste'mol qilish moslamalarini reklama qilish. 

 Bundan tashqari, dori vositalarini reklama qilishda taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko'rinishi shifokorlarning tashqi ko'rinishiga o'xshash shaxslarning ishtirok etishi taqiqlanadi. 

 Shuningdek, alkogol mahsulotlari reklamasiga yo'l qo'yilmaydi, ammo O'zbekistonda ishlab chiqarilgan pivo, tabiiy va ko'piklanadigan vinolarni reklama qilishga ayrim hollarda (https://lex.uz/docs/-6052631#-6053570) yo'l qo'yiladi.