Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg'armasi MCHJga aylantirildi


“O'zbekiston Respublikasining To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg'armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–215-son, 07.09.2022-y.) qabul qilindi

Farmonga muvofiq, “To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg'armasining boshqaruv kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali 100 million AQSH dollariga teng “O'zbekiston Respublikasining To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg'armasi” MCHJ shaklidagi investitsiya kompaniyasi sifatida qayta tashkil qilindi.

 Investitsiya kompaniyasining ustav kapitali 1 milliard AQSH dollariga yetkaziladi.

 Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Investitsiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.

 Investitsiya kompaniyasi investitsiyalarni quyidagi usullar bilan jalb qiladi:

kredit (qarz) olish va Investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga investorlarning pul mablag'larini jalb qilish;

yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitalida), shu jumladan mol-mulk sotib olish yo'li bilan ishtirok etish;

yirik institusional va strategik investorlar bilan hamkorlik o'rnatish, shu jumladan nufuzli xalqaro moliya markazlarining yurisdiksiyalaridan foydalanish.