Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Yengil avtomobilda yo'lovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilindi.


Yengil avtomobilda yo'lovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilindi. Bunda:

 Haydovchi, avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy bo'limiga borgan holda o'zini o'zi band bo'lgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tishi lozim. 

Ro'yxatdan o'tish va guvohnoma olish bepul.

 Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan holda yengil avtomobilda yo'lovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming so'm davlat boji to'lab, litsenziya varaqasini oladi.

my.gov.uz orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qo'llaniladi, ya'ni 270 ming so'm to'lanadi.

 O'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega bo'lishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming so'm ijtimoiy soliq to'lashi mumkin. 

 Ijtimoiy soliq to'lash o'zini o'zi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.