Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Dam olish kunlari navbatchilikka jalb etilgan xodimlar ish haqlari to'lab berildi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-iyuldagi “Qurbon hayitini nishonlash to’g’risida”gi PQ-304-son Qarorining 1-bandiga ko’ra, 2022-yil 9-iyul kuni “Qurbon hayiti” bayrami sifatida keng nishonlanishi, 2022-yil 11-12-iyul dam olish kunlari sifatida belgilanganligi ko’rsatilgan.

Ulug'nor tuman adliya bo'limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida ushbu qonun hujjatlariga rioya qilinishi monitoring qilinganda, tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2022-yil 7-iyulda tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bilan kelishilmagan holda navbatchilik belgilanib, birlashmada 2022-yilning 9-12-iyul bayram va dam olish kunlarida navbatchilik tashkil etilgan holda ja’mi 176 nafar xodimlar ishga jalb qilinganligi ammo Mehnat Kodeksi 157-moddasiga asosan ushbu xodimlarga ikki hissa miqdoridagi ish haqlari to'lab berilmaganligi aniqlangan.

Shunga ko'ra, tuman tibbiyot birlashmasiga yuqorida keltirilgan xodimlar uchun mehnat qonunchiligida belgilangan ish haqlarini to'lab berilishini ta'minlash yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.

Tuman adliya bo'limi taqdimnomasiga asosan tuman tibbiyot birlashmasining dam olish kunlari ishga jalb qilingan 176 nafar xodimlariga ja'mi 280 343 141 so'm miqdoridagi ish haqlari to'lab berilishi ta'minlandi.