Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Foydalanilmayotgan obyektlarga nisbatan oshirilgan soliqlar natijasida hosil bo'lgan qarzlar hisobdan chiqarildi


“Ta'sirchan soliq mexanizmini qo'llash natijasida hosil bo'lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF–218-son, 09.09.2022-y.) qabul qilindi Farmonga ko'ra, foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo'llanilgan ta'sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo'lgan mol-mulk solig'i va yer solig'i bo'yicha: ▫️mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi; ▫️soliq qarzini undirish bilan bog'liq sud va ijro ishlari tugatiladi. 2022-yil 1-iyuldan mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar bo'lgan davrda ta'sirchan soliq mexanizmini qo'llash natijasida undirilgan soliq kelgusi to'lovlar hisobiga mulkdorlarga qaytariladi. Eslatib o'tamiz, 2022-yil 1-iyuldan bo'sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo'ljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish obyektlariga hamda ushbu obyektlar bilan band yerga mol-mulk solig'i va yer solig'ining oshirilgan stavkalarini qo'llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to'xtatish tartibi bekor qilingan.