Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Islohotlarning natijadorligini baholash tartibi joriy etiladi


“Strategik islohotlarni jadallashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

Farmon bilan Strategik rivojlanish agentligi negizida Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi.

Mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish bo'yicha takliflar ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish Agentlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Agentlik Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va davlat dasturlarining ijrosini monitoring qilish asosida ularning to'laqonli va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi.

Agentlik bosh direktori va uning o'rinbosarlari Prezident tomonidan tayinlanadi.

Prezident raisligida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengashi tashkil etildi.

2022-yil 1-oktyabrdan:

▫️soha va tarmoqlarda islohotlarni amalga oshirish, ularni muvofiqlashtirish hamda natijadorligini baholash tartibi joriy etiladi;
▫️soha va tarmoqlarni isloh qilish jarayonlariga xalqaro moliya institutlari, chet el tashkilotlari va xorijiy mutaxassislarni hamda beg'araz ko'mak mablag'larini jalb qilish Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.