Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

"Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir" aksiyasi doirasida hududlarda fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.


Aksiya doirasida sayyor qabul


Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir" aksiyasini doirasida hududlarda fuqarolar bilan ochiq muloqotlar, targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Mana shunday tadbirlardan biri Marhamat tumanining Navro‘z mahallasida bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabul tarzida o‘tgan uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi. 
Qabul davomida fuqarolar va yuridik shaxslarga mulkka egalik qilish, mulkka bo‘lgan huquqni ishonchli himoya qilish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar va amaldagi qonunchilik normalari tushuntirib o‘tildi.
Shu kuni tuman hokimligi tomonidan Marhamat tumanining markaziga olib keluvchi yo‘l kengayishi munosabati bilan fuqarolarga tegishli bo‘lgan mulklar buzdirilib kompensasiya to‘lovlari to‘lab berilmaganligi yuzasidan kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda ish yurituvga qabul qilindi.