Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Fuqaroga 63 yoshida shaxsini tasdiqlovchi hujjat olishida amaliy yordam ko‘rsatildi.


Joriy yilning may oyida Baliqchi tumanining Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida "Andijon viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan 2022-yilning 2-choragi davomida viloyat hududida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish sayyor qabul qilish jadvali"ga asosan Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Karimovning sayyor qabul o‘tkazilgan edi.

Mazkur qabulda MFYda istiqomat qilib kelayotgan fuqaro Raxmonov Xursanali murojaat qilib, ushbu mahallada tug‘ilib-o‘sib, sobiq SSSR pasporti asosida yashab kelayotganligini maʼlum qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
Mazkur murojaat Baliqchi tuman adliya bo‘limi yurituviga olinib, X.Raxmonovning O‘zbekiston hududida tug‘ilganligi, yashab kelayotganligi hamda ishlaganligini asoslovchi hujjatlar to‘planib, ushbu shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti masalasini ko‘rib chiqish uchun to‘plangan hujjatlar tuman IIBga taqdim qilingan.  
Ichki ishlar organlari tomonidan X.Raxmonov bo‘yicha to‘plangan hujjatlar o‘rganib chiqilib, unga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida shaxsini tasdiqlovchi hujjat berilishi yuzasidan qaror qabul qilindi.
Shunga ko‘ra, Baliqchi tuman IIB M va FRB tomonidan X.Raxmonovning shaxs guvohnomasi rasmiylashtirildi hamda guvohnoma adliya bo‘limi bilan birgalikda fuqaroning xonadoniga borgan holda topshirildi.
  Endi, fuqaro X.Raxmonov shaxs guvohnomasiga asosan yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.