Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Paxtaobod tumani adliya bo‘limi tomonidan “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.




Paxtaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan “Mulk huquqining daxilsizligi ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapittalashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon mazmun-mohiyatini tushuntirish bo'yicha tuman Moliya bo‘limi va tuman Xalq ta’limi bo‘limi xodimllari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
 
Mazkur tadbirda ishtirokchilarga  Farmonga asosan xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklashni nazarda tutuvchi, mulkiy munosabatlarda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini to‘liq joriy etishga to‘sqinlik qiluvchi bir qator tartiblar, talablar va cheklovlar 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab bekor qilinganligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, Farmon bilan “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar” dasturi tasdiqlanganligi va dastur doirasida «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilganligi tadbir ishtirokchilariga yetkazildi.