Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Adliya aralashuvi bilan xodim ishga tiklandi


Baliqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan Norin-Qoradaryo ITHB huzuridagi NSEB tizimida ishlagan fuqaro E.M.ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

    Murojaatda fuqaro 2022-yilning 20-avgust kuni Norin-Qoradaryo ITHB huzuridagi NSEB rahbariyati tomonidan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi bo‘yicha ogohlantirish xati berilib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini ma’lum qilgan holda, ushbu holatni qonuniyligini o‘rganib berilishini so‘ragan.
O‘rganish davomida ma’lum bo‘ldiki, haqiqatdan ham Norin-Qoradaryo ITHB huzuridagi NSEB boshlig‘ining 2022-yil 20-avgustdagi 159-ShT - buyrug‘iga asosan Baliqchi nasos stansiyalar bo‘linmasiga qarashli “Orolxon-1” nasos stansiyasi 5-darajali elektr jihozlarini ta’mirlovchi elektromontyori lavozimidagi E.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uning pensiya yoshiga yetganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 7-bandiga asosan bekor qilingan.
       Mazkur buyruqqa asos sifatida E.M.ga yuborilgan ogohlantirish xati va boshliqning ko‘rsatmasi ko‘rsatilgan.
       Bu holatda E.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 7-bandiga asosan ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishda kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilmagan.
      Yuqoridagilarga ko‘ra, Norin-Qoradaryo ITHB huzuridagi NSEB boshlig‘i nomiga uning 2022-yil 20-avgustdagi 159-ShT - buyrug‘ini bekor qilib, E.M.ni Baliqchi nasos stansiyalar bo‘linmasiga qarashli “Orolxon-1” nasos stansiyasi 5-darajali elektr jihozlarini ta‘mirlovchi elektromontyori lavozimiga ishga tiklash yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi.
       Taqdimnoma ijrosi taʼminlanib, Norin-Qoradaryo ITHB huzuridagi NSEB boshlig‘ining 2022-yil 16-sentyabrdagi 181-ShT - sonli buyrug‘i asosida ushbu boshqarmaning 2022-yil 20-avgustdagi 159-ShT - sonli "Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida"gi buyrug‘i buyrug‘i bekor qilinib, Prezidentga murojaat yo‘llagan E.M. Baliqchi nasos stansiyalar bo‘linmasiga qarashli “Orolxon-1” nasos stansiyasi 5-darajali elektr jihozlarini ta‘mirlovchi elektromontyori lavozimiga ishga tiklandi.