Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Xodim ishga tiklandi.


   Baliqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan Baliqchi tumani, Oqqo‘rg‘on MFYda yashovchi fuqaro Xamidova Maxida Davlatovnaning adliya bo‘limi boshlig‘i nomiga yo‘llagan murojaati O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari bo‘yicha o‘rganib chiqilgan.

       Murojaatga ko‘ra, M.Xamidova “Hududgaz-Andijon” gaz ta’minoti filialiga qarashli “Baliqchitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi avariya dispetcherlik xizmati avariya tiklash ishlari bo‘yicha navbatchi chilangari lavozimida 2018-yildan buyon ishlab kelgan bo‘lib, 2022-yilning 20-iyul kuni “Hududgaz-Andijon” gaz ta’minoti filiali direktorining 1183-k-sonli buyrug‘iga asosan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 4-bandiga asosan bekor qilingan.

       Ma’lum bo‘ldiki, mehnat shartnomasi bekor qilingan vaqtda (kuni) M.Xamidova “Qandli diabet 2-tur o‘rta og‘ir kechishi” tashxisi bilan 2022-yilning 15-iyul kunidan - 26 iyul kuniga qadar mehnatga layoqatsizlik ta’tilida bo‘lgan.

       Vaholanki, Mehnat kodeksining 100-moddasi 5-bandida xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmasligi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno ekanligi belgilab qo‘yilgan.

       Bundan tashqari, “Hududgaz-Andijon” gaz ta’minoti filiali tomonidan M.Xamidova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda mazkur idora Kasaba uyushmasi qo‘mitasining roziligi olingan biroq, qo‘mitaning yig‘ilish bayonida ham, aloqa xatida ham mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini qo‘pol ravishda buzish holati tegishli ro‘yxatga asosan ko‘rsatilmagan.

       Yuqoridagilarga ko‘ra, Baliqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.Xamidovanining manfaatini ko‘zlab “Hududgaz-Andijon” gaz ta’minoti filiali direktorining 2022-yilning 20-iyul kungi 1183-k-sonli buyrug‘ini bekor qilib, M.Xamidovani “Baliqchitumangaz” gaz ta‘minoti bo‘limi avariya dispetcherlik xizmati avariya tiklash ishlari bo‘yicha navbatchi chilangari lavozimiga tiklash yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilgan edi.

       Ushbu daʼvo arizasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudi tomonidan taraflar ishtirokida bir necha marta muhokama qilinib, atroflicha o‘rganib chiqildi. So‘nggi muhokama natijasida hamda adliya bo‘limi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar va mehnat qonunchiligi bo‘yicha bildirilgan asoslarga ko‘ra, sud tomonidan “Hududgaz-Andijon” gaz taʼminoti filiali direktorining 2022-yilning 20-iyul kungi 1183-k-sonli buyrug‘ini bekor qilib, fuqaro M.Xamidovani “Baliqchitumangaz” gaz ta‘minoti bo‘limi avariya dispetcherlik xizmati avariya tiklash ishlari bo‘yicha navbatchi chilangari lavozimiga tiklash hamda unga 2022-yil 20-iyul kunidan ishga tiklangunga qadar bo‘lgan davrga majburiy progul uchun ish haqini to‘lab berilishi bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilindi.