Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Boshqarma boshlig‘i sayyor qabulida kelib tushgan murojaatlar ijobiy hal qilinmoqda



Baliqchi tumanining Tulkiobod mahalla fuqarolar yig‘inida "Andijon viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan 2022-yilning 3-choragi davomida viloyat hududida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish sayyor qabul qilish jadvali"ga asosan Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O.Bozarovning sayyor qabul o‘tkazilgan edi.

Mazkur qabulda MFYda istiqomat qilib kelayotgan fuqaro Kanalboyeva Raʼnoxon murojaat qilib, yo‘qolgan pasportini tiklashda amaliy yordam so‘ragan.

Sayyor qabuldagi ushbu murojaat Baliqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan yurituvga olinib, tuman IIB M va FR xizmati imkoniyatlari orqali R.Kanalboyevaga qisqa muddatda fuqarolik pasporti o‘rnini bosuvchi ID-karta (shaxs guvohnomasi) rasmiylashtirib berilishi taʼminlandi.