Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Adliya arlashuvi bilan 174 nafar tibbiyot xodimlariga 235.000.000 so‘m ta’til pullari undirib berildi.


Marhamat tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibiyot birlashmasida mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi ahvoli monitoring qilindi.

Monitoring davomida tuman tibbiyot birlashmasida joriy yilning sentabr oyida 174 nafar xodimlarga yillik mehnat ta’tili berilib, ularga o‘rganish kuniga (02.10.2022-y) qadar ta’til pullari to’lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.      

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 148-moddasi 2-qismida ta’til uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi belgilangan.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i nomiga taqdimnoma kiritilib, 174 nafar xodimlarga 235.000.000 so‘m miqdorida ta’til pullari hisoblanishi va to‘lab berilishi ta’minlandi.