Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Noto‘g‘ri hisoblangan soliq qarzdorligi hisobdan chiqarildi.


Andijon viloyat adliya boshqarmasiga fuqaro M.Yuldashevadan Andijon shahar soliq inspeksiyasi tomonidan ortiqcha 75.437.000 so‘m yer va mulk solig’i hisoblanganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati kelib tushdi.
Murojaatni o‘rganib chiqish davomida fuqaroga tegishli bo’lgan mulkka ta’sircha soliq hisoblashda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 666-son qarori talablarini qo‘pol ravishda buzgan holda soliq hisoblanganligi aniqlandi.

Xususan, Qarorining 5-bandida foydalanilmayotgan obyekt begonalashtirilganda, ushbu obyekt mulkdoriga nisbatan 1-ishchi guruhining xulosasi asosida qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi yangi mulkdorga nisbatan ham qo‘llaniladi deb belgilangan.

Soliq organi tomonidan ko‘chmas mulk obyektida mulkdor o‘zgarganligi sababli qaytadan xatlov o‘tkazilmagan, yoki xatlov o‘tkazish uchun qarorda ko‘rsatilgan tartibda 1-ishchi guruhga xatlovdan o‘tkazish haqida talabnoma yuborilmagan, yangi mulkdorga ta’sirchan soliqni qo‘llash uchun 1-ishchi guruh xulosasi olinmagan, soliq organi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari natijasida mazkur ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha soliq ushbu mulkka eski mulkdor nomidan 2022-yil may oyiga qadar ta’sirchan soliq hisoblangan, faqatgina 2022-yil iyul oyiga kelib ushbu obyekt mulkdori sifatida M.Yuldasheva ko‘rsatilgan. Buning natijasida hisoblangan oshirilgan soliq stavkasidagi soliq qarzi miqdori oshib ketgan.

Agarda soliq organi tomonidan o‘z vaqtida xatlov ishlari olib borilganida ushbu obyekt bo‘yicha yangi mulkdor M.Yuldasheva ekanligi, u tomonidan mazkur obyektda qurilish ishlari olib borib, 2020-yil dekabr oyida ushbu ko‘chmas mulkni ijaraga berish orqali xo‘jalik faoliyatiga jalb qilinganligi aniqlangan bo‘lardi.

Yuqorida keltirilgan normaga asoslangan holda Andijon shahar Davlat soliq inspeksiyasiga nisbatan “Andijon shahar Davlat soliq inspeksiyasining M.Yuldashevaga tegishli bo‘lgan mulk uchun ta’sirchan soliq hisoblash hamda jami 75.437.000 so‘m soliq qarzdorligini hisoblashda ifodalangan xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topish haqida Andijon tumanlararo ma’muriy sudiga da’vo ariza kiritildi. Sud ishni ko‘rib chiqib adliya boshqarmasining talabini qanoatlantirdi. Natijada fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.