Янгиликлар
12
Huquqiy masalalar yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Baliqchi tuman adliya bo‘limi, tuman hokimligi hamda tuman prokuraturasi tomonidan tumanning Do‘stlik MFYda huquqiy masalalarga bag‘ishlangan davra suhbati tadbiri tashkillashtirildi. Tadbirda 2-sektor hududida yashovchi xotin-qizlar qatnashdilar.
Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i va tuman prokurori tomonidan qatnashchilarga xotin-qizlarga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda xotin-qizlarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar tushuntirildi.
Shuningdek, davra suhbati davomida jami 17 nafar xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, muammolar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.