Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasi




Buloqboshi tumanida joylashgan harbiy qismda tuman hokimligi, xarbiy qism bo‘limi, ichki ishlar hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari hamkorligida ushbu mavzuvda davra suhbati o‘tkazildi. Unda harbiylarning oila a’zolari ishtirok etdilar.

Davra suxbatida tuman hokimining o‘rinbosari X.Xolmatova gender tenglik, xotin-qizlarni ijtimoiy muxofaza qilish, ularni jamiyatdagi roli va faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirish to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. 

Bundan tashqari FHDYO bo‘limi mudiri S.Usmanova tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga huquqiy tushunchalar berildi.
Tadbir so‘ngida jamiyat rivojida faol ishtirok etayotgan ayollar, jumladan tuman FHDYO bo‘limi mudiri Svetlana Usmonova ham harbiy qism rahbariyatining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.