Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Latofatxon va Ro‘zixonning 15 yillik orzusi ushaldi



Bu yil o‘zining 15 yoshini qarshilagan jalaquduqlik Latofatxon va Ro‘zixonning xursandchiligi cheksiz. Boisi ular kuni kecha ko‘p yillik orzulari, butun umri davomida zarur bo‘ladigan shaxsini tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik haqida guvohnomaga ega bo‘ldilar. Endi ular ham boshqalar kabi teng huquq va imkoniyatlardan bemalol foydalanishlari mumkin.

Opa-singillarning farzandlari hisoblangan qizaloqlarning tug‘ilganligi taqdirning turli sinovlari sababli o‘z vaqtida qayd qilinmagan. Sinovlarda toblangan Ergashxon va Guluzroxonlar ayni farzand ko‘rar chog‘ida hujjatlardagi muammolar sababli yashash joylarida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lgan. Bu esa qizaloqlarning tug‘ilganligini qayd etishga tug‘anoq bo‘lgan.

Oradan yillar o‘tib, Oyim shaharchasidagi doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tgach hujjat olish maqsadida Jalaquduq tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga murojaat qildilar.

Ularning tug‘ilganlikni qayd etish to‘g‘risidagi arizasi tegishli tartibda o‘rganib chiqilib, 2008 yilda tug‘ilgan Faxridinova Latofatxon Yodgor qizi hamda Paxridinova Ro‘zixon To‘lqinjon qizining muddati o‘tgan tug‘ilishi qayd qilindi.

Kuni kecha FHDYO bo‘limi mudirasi Gulzodaxon Latipjonova tomonidan ularga tug‘ilganlik haqida guvohnoma tantanali ravishda topshirildi.