Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

10 yoshida “metrika” olgan Farzona kelgusida FHDY xodimi bo‘lmoqchi


Paxtaobodlik Salimaxon Saidova FHDY bo‘limiga murojaat qilib, nabirasi Farzonaxonning shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘qligini aytib, tug‘ilganligini qayd etishda yordam so‘ragan. Uning aytishicha, Farzona 2012-yilning 26-fevral kuni Rossiya Federasiyasining Moskva shahrida tug‘ilgan. Biroq ota-onasi boshqa mamlakat fuqarolari bo‘lganligi sababli tug‘ilganligi qayd qilinmagan.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ko‘magi bilan Andijonga olib kelingan Farzona shu va boshqa hayot sinovlari sababli o‘n yildan ortiq vaqt davomida boshqa tengdoshlaridan farqli ravishda hech qanday hujjatsiz yashab keldi. Buvisining sa’y-harakatlari tufayli Paxtaobod tuman FHDY bo‘limi tomonidan qizaloqning tug‘ilganligini tasdiqlash maqsadida Rossiya Federasiyasiga Minsk konvensiyasi asosida so‘rovnoma yuborildi. Shundan so‘ng Farzona Saidovaning Moskva shahrida tug‘ilganligi rasmiy idoralar tomonidan tasdiqlandi.

Ushbu ma’lumotlarga asosan kuni kecha Farzonaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma topshirildi.

Orzulari osmonni quchayotgan Farzona hujjatlarini qabul qilib olarkan, unga ko‘mak berganlarga o‘z minnatdorligini bildirib, kelajakda o‘zi ham FHDYO xodimasi bo‘lishga va’da berdi.