Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi




Joriy yilning 20-oktyabr kuni Andijon viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muhammadbobur Karimovning boshqarma tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida davlat dasturi va normativ hujjatlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha jamoatchilik eshituv o‘tkazildi.

Unda adliya boshqarmasi faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari, vazifa va topshiriqlarning ijrosini o‘rganish natijalari muhokama etildi. Mas’ul xodimlarning sohada saqlanib qolayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish va izohlari eshitildi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari va alohida dasturlar ijrosi yuzasidan ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

Mutasaddilar tomonidan jamoatchilik eshituvi ishtirokchilarining savollariga  javoblar berildi.

Yig‘ilish yakunida kelgusida boshqarmaga yuklatilgan topshiriqlarning ijrosini samarali ta’minlash, belgilangan maqsadlarga erishishning barcha choralarini ko‘rish bo‘yicha ustuvor vazifalar hamda ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik bilan faol muloqot olib borish masalalari belgilab olindi.

Ta’kidlash joiz, bu kabi yig‘ilishlar jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etilishi, nodavlat notijorat tashkilotlarini aholining huquq va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda to‘laqonli faoliyat olib borishlariga va pirovardida “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining amalda ta’minlanashiga xizmat qilishi shubhasiz.