Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Davlat xizmatchisi faoliyatidagi odob-axloq qoidalari tushuntirildi.




Paxtaobod  tuman Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan joriy yilning 24-oktabr kuni  Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 14-oktabirdagi "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 595-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim: davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish, mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish,murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish, xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otis, oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish,fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat’i nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish,jamiyatda axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilish haqida aytib o'tildi.