Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Xalq ta'limi bo'limida davlat xizmatchisi faoliyatidagi odob-axloq qoidalari tushuntirildi.



Ulug'nor tumani adliya bo'limi tomonidan 2022-yil 24-oktyabr kuni xalq ta'limi bo'limida mas'ul xodimlar ishtirokida Vazirlar Mahkamasining "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 595-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Seminar davomida, dastlab, Ulug'nor tumani adliya bo'limi hamda yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonuni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarori alohida tartibda savol-javob tarzioda tushuntirildi. Bunda davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari hamda mazkur qoidalarga amal qilmaslik oqibatlari batafsil tushuntirildi.

Davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozimligi ta'kidlandi.

davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish;

mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;

murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish;

xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish;

oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;

fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat’i nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish;

jamiyatda axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilish.