Янгиликлар
"qizil" hudud toifasiga kiritilgan mahallalarda sayyor qabul tashkil etildi

Izboskan tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 22-oktabr kuni Izboskan tumani “Oybek ” MFY hududida “Adliya mahallada” shiori ostida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul tashkil etishdan asosiy maqsad, mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilib, qizil hududga kiritilgan mahallalarda jinoyat sodir etilishi sabablari, bunga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish, bu borada mahalla aholisining jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha takliflarini o‘rganish, notinch va nosog‘lom oilalar, shuningdek maishiy va boshqa masalalar bo‘yicha uzoq muddatlardan buyon nizolashib kelayotgan fuqarolar bilan uchrashib ularni muammolarini o‘rganish va ularga huquqiy tushuntirishlar berish orqali “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish.
Sayyor qabul davomida fuqarolardan o‘zarini qiynab kelayotgan yoki hal bo‘lmayotgan muammoli masalalar yuzasidan 10 dan ortiq murojaatlar olinib, 20 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.