Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Davlat xizmatchisi faoliyatidagi odob-axloq qoidalari tushuntirildi.




Joriy yilning 14 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan  “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Qayd etish lozim,  Davlat xizmatchisining odob-ahloq me’yorlari mazkur Qaror bilan tasdiqlangan qoidalarga asosan tartibga solinadi. Bundan keyin har bir Davlat organlari o‘z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda, xodimlarning idoraviy odob-axloq qoidalarini va Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlashlari va shunga asosan tegishli tartibda faoliyatni tashkil etishlari lozim bo‘ladi.

Mazkur Qarorning mazmun mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali hamda Adliya boshqarmasi hamkorligida Davlat organlari va tashkilotlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha shunday tadbirlar Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasi, madaniyat bo‘limi hamda davlat sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazida tashkil etildi.