Янгиликлар
08
“Adliya mahallada” shiori ostida Uchqo‘rg‘on MFYda targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

Paxtaobod tumani adliya bo‘limi va tuman Davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazi tomonidan Uchqo‘rg‘on MFYda uyma-uy yurgan holda yer munosabatlari, ijara shartlari va ularni rasmiylashtirish, yer uchastkalarini xususiylashtirishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, mahalla aholisiga ko‘chmas mulk obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish borasida fuqarolarning huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi hamda fuqarolarning huquqiy muammolariga tushuntirishlar berildi.