Янгиликлар
07
"Davlat xizmatchisining odob axloq-qoidalari nimalardan iborat?" mavzusida seminar tashkil etildi.

Xonobod shahrida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 595-sonli davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori yuzasidan seminar tashkil qilindi, namunaviy qoidalari, davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta'sir choralarini qo'llash uchun asos bo'lishi yuzasidan tushunchalar berildi.