Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

“Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloqining namunaviy qoidalari” mazmun-mohiyati tushuntirildi.




“Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloqining namunaviy qoidalari” mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari belgilangan reja asosida davom etmoqda. Unda adliya bo‘limi xodimlari tomonidan xizmatchilarga tushunchalar berilmoqda.

Jumladan, Baliqchi tuman davlat sanitariya-osoyishtalik markazida tashkil etilgan tadbirda ham xodimlar mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning umumiy qoidalariga amal qilishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish, murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish, xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish shartligi tushuntirildi.

Bundan tashqari oilada sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish kerakligi bildirildi.